Yevropol, AQSH, Germaniya va Ukraina huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan hamkorlikda oʻtkazilgan maxsus operatsiya davomida 2010-yildan buyon faoliyat yuritib kelayotgan kibertovlamachilar guruhining 11 nafar aʼzosi qoʻlga olingan.

Kibertovlamachilar guruhi birgina 2019-yil may oyidan 2021-yil mart oyiga qadar AQSHdagi jabrlanuvchilar hisobiga 40 million yevro miqdorida pullarni oʻzlashtirganlar.

Germaniyada 37 ta va dunyo miqyosida 601 ta yirik kompaniya va tashkilotlar ushbu kibertovlamachilardan zarar koʻrganligi maʼlum boʻlgan. Guruhning yana 2 nafar aʼzosi ozodlikda qolganligini bunga sabab ular Rossiya Federatsiyasi fuqarosi ekanligi va Yevropol tomonidan Rossiya hududida qoʻlga olish ishlarini olib borolmasligi maʼlum qilingan.

Kibertovlamachilar asosan yirik kompaniyalar va korporatsiyalarni nishonga olgan.