Maqolada qayd etilishicha, “KfW” O‘zbekistonga sog‘liqni saqlash sohasini raqamlashtirish uchun 45 million yevro imtiyozli kredit va 5,5 million yevro miqdorida grant ajratishga qaror qilgan.
“Bu orqali O‘zbekistonda aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati va samaradorligini oshirishga doir raqamli islohotlarni qo‘llab-quvvatlash maqsad qilingan, — deyiladi materialda. — Ushbu hamkorlik raqamli ma’lumotlarni qayta ishlash uchun milliy sog‘liqni saqlash platformasini joriy etishga qaratilgan.”
Shuningdek, 2030 yilgacha amalga oshirilishi muo‘ljallangan loyiha sog‘liqni saqlashni boshqarishning raqamli infratuzilmasi va uning ma’muriy jarayonlarini optimallashtirishni ko‘zda tutadi.
Undan tibbiyot xodimlarini axborot texnologiyalari yo‘nalishida o‘qitish, bemorlarning elektron bazasini yaratish, diagnostika va davolash jarayonlarini jadallashtirish kabi ustuvor maqsadlar ham o‘rin olgan.
O‘z navbatida, tibbiy asboblarga texnik xizmat ko‘rsatishni yaxshilashga doir ma’lumotlar bazasi raqamlashtirilishi ham rejalashtirilgan.