Germaniya va Fransiya TIV rahbarlari Asad rejimi qulaganidan beri ilk bor Suriyaga keldi

    Germaniya va Fransiya tashqi ishlar vazirliklari rahbarlari Annalena Berbok va Jan-Noel Barro Suriyaga hokimiyatni egallab olgan guruh rahbari Ahmad al-Sharaa hamda Suriya fuqarolik jamiyati vakillar bilan Yevropa Ittifoqi nomidan muzokaralar o'tkazish uchun keldi.

    Berbokning bayonotida Germaniya Suriya xalqiga hokimiyatning tinch yo'l bilan o'tishiga yordam berishni istashi, biroq yangi Suriya jamiyati etnik yoki diniy guruhdan qat'i nazar, barchaga siyosiy jarayonda o'z o'rniga ega bo'lishi va huquqlari va himoyasini kafolatlagan taqdirdagina qayta tiklanish sodir bo'lishi mumkinligini ta'kidladi.

    Berbok va Barro Bashar Asad rejimi qulagandan keyin Damashqqa tashrif buyurgan Yevropa tashqi ishlar vaziliklarining birinchi rahbarlari bo'ldi.

    8-dekabr kuni Suriya prezidenti Bashar Asad hukumat kuchlariga qarshi bo'lgan islomiy jangarilar Damashqqa kirib, hokimiyatni qo'lga oldi. Asadning o'zi qochib, unga boshpana bergan Moskvadan panoh topdi. Asadga qarshi chiqqan kuchlarga “Hay'at Tahrir ash-Shom” guruhi etakchilik qilgan, uning rahbari avval o'zini Abu Muhammad al-Juloniy deb atagan Ahmad Husayn al-Sharaadir.

    Bashar Asad rejimi qulagan kunning ertasiga Yevropa hukumatlari suriyalik qochqinlarning boshpana so'rovlarini ko'rib chiqishni ommaviy ravishda to'xtata boshladi, deb xabar beradi meduza.io.