Skeletning radiokarbonli tahlili shuni ko'rsatdiki, protez egasi erkak kishi bo'lgan, u 1450 – 1620 yil oralig'ida vafot etgan.

Markaziy Yevropada o'rta asrlarning oxiri va zamonaviy davrlarning boshlaridan oid 50 ga yaqin shunga o'xshash protezlar ma'lum. Bularga oddiy, qo'zg'almas protezlar ham, mexanik komponentli protezlar ham kiradi. Frayzingdan topilgan noyob topilma Bavariya yodgorliklarni muhofaza qilish davlat idorasining restavratsiya ustaxonalarida qayta tiklanib, hujjatlar rasmiylashtirilgach, tozalandi, rentgen qilindi va tekshirildi.

Erkak qanday qilib qo'lidan ayrilgani va protez nima uchun ishlatilgani olimlar uchun jumboq bo'lib qolmoqda. Qo'lning barmog'i haligacha saqlanib qolgan, protezning ichki tomonida esa bosh barmog'i suyagi korroziyaga uchragan. Tuzilma charm bilan qoplanganga o'xshaydi va barmoqlarning ichki qismida burmali mato izlari topilgan.

Olimlar Markaziy Yevropada kech o'rta asrlar va yangi davrlarning boshlarida ko'plab harbiy to'qnashuvlar, xususan, 1618-1648-yillardagi O'ttiz yillik urushlar yuz berganini ta'kidlashdi, shuning uchun amputatsiya bilan bog'liq holatlar uchrab turgan, deb xabar beradi korrespondent.net.