Koronavirus pandemiyasi davrida katta kuch sarflab ishlayotgan Germaniya shifoxonalari jiddiy moliyaviy toʻsiqlarga duch kelyapti, deb xabar beradi Deutsche Welle.
Nemis shifoxonalar jamiyati raisi Gerald Gasning soʻzlariga qaraganda davlatning qoʻshimcha koʻmagisiz 2021-yilning birinchi choragidayoq shifoxonalar xodimlariga ish haqini toʻliq toʻlay olmasligi mumkin ekan. Bugungi kunda Germaniya shifoxonalari mushkul vaziyatga tushgan.
Nemis davolovchi muassasalar instituti maʼlumotiga koʻra, mamlakatdagi barcha shifoxonalarning uchdan ikki qismi oʻtayotgan yilni zarar bilan tugatishga tayyorlanyapti. Germaniyadagi 2 mingta shifoxonaning bor-yoʻgʻi 18 foizi oʻz moliyaviy holatini yaxshi deb hisoblayapti. Ularda 1,3 million xodimlar mehnat qiladi.
Soʻngi kunlarda Germaniyada koronavirus kasalligi yana 12 800 kishida aniqlangan. 852 kishi esa hayotdan koʻz yumgan. Pandemiya boshlangandan beri mamlakatda 1 664 726ta koronavirus infeksiyasini yuqtirish holati kuzatilgan, 30 978 nafar odam ushbu kasallik qurboni boʻlgan, 1 277 900 nafar atrofida bemorlar sogʻayib chiqqan, deb xabar beradi Belta axborot manbasi.