“Gidrometeorologiya xizmati aʼlochisi” koʻkrak nishonini taʼsis etildi

    Mamlakatimizda 10 Iyun 2021 979

    Vazirlar Mahkamasining “Gidrometeorologiya xizmati aʼlochisi” koʻkrak nishonini taʼsis etish toʻgʻrisida”ga qarori qabul qilindi.

    Koʻkrak nishoni bilan gidrometeorologiya va iqlimshunoslik sohasini rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlari hamda aholini gidrometeorologik va iqlimiy oʻzgarishlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bilan taʼminlash tizimini takomillashtirish, gidrometeorologiya xizmati infratuzilmasini modernizatsiya qilish, tizim faoliyatiga zamonaviy axborot hamda sunʼiy yoʻldosh texnologiyalarini joriy etish ishlariga katta hissa qoʻshgan, yosh mutaxassis kadrlarni tayyorlash borasida samarali mehnat qilgan fuqarolar taqdirlanadi.

    Koʻkrak nishoni bilan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlmagan shaxslar ham taqdirlanishi mumkin.

    Koʻkrak nishoni har yili 7-may - “Oʻzgidromet” tashkil topgan kun arafasida tantanali tarzda topshiriladi.

    Koʻkrak nishoni bilan taqdirlanganlarga bazaviy hisoblash miqdorining toʻrt baravari miqdorida bir yoʻla toʻlanadigan pul mukofoti beriladi.