Qayd etilishicha, ushbu “Atmosfera havosining ifloslanishi monitoringini avtomatlashtirish” qoʻshma loyihasi doirasida amalga oshirildi. Natijada shahar atrofida atmosfera havosi sifatini kompleks kuzatishga xizmat qiladigan havo monitoringi stansiyalaridan iborat “halqa” hosil boʻldi. Maʼlumotlar kunning qismi, mavsum va meteorologik sharoitga qarab ifloslantiruvchi moddalar konsentratsiyasining umumiy holati va tendensiyalarini baholashga imkon beradi.
Shuningdek, “halqa” boʻylab monitoring tizimi shaharning qaysi hududlari zararli moddalardan koʻproq taʼsirlanishi mumkinligini prognoz qilish imkonini yaratadi. Avtomatik stansiyalardan olingan maʼlumotlarni tahlil qilish shaharsozlik tadbirlarini rejalashtirish, rayonlashtirish va ekologik vaziyatni yaxshilash strategiyasini ishlab chiqish uchun muhim hisoblanadi.








