Gidrometeorologiya xizmati tezkor xabar bilan chiqdi.
Unga koʻra, 2023-yil 30-dekabrdan 2024-yil 2-yanvarga qadar kutilayotgan yogʻingarchilik hamda havo haroratining keskin oʻzgarishi sababli respublikaning togʻli hududlarida, jumladan:
Toshkent viloyati: Boʻstonliq, Ohangaron va Parkent tumanlari (Chotqol tizmasi togʻlari);
Namangan viloyati Pop tumanida qor koʻchish xavfi eʼlon qilinadi.