“Oxirgi marta 2006 yilning yanvarida shunga o'xshash hodisa kuzatilgan edi, – deydi Rossiya Gidrometereologiya markazining ilmiy direktori Roman Vilfand. – Men buni qanday nomlashni ham bilmayman. Antitsiklon... mamlakatning Osiyo qismida yarim oydan beri aylanib yuribdi. Bizning hisob-kitobimizga ko'ra, yana besh kun davomida Omsk, Tomsk, Novosibirsk, Kemerovo kabi aholi zich joylashgan hududlarda havo harorati -10, -15 darajadan past bo'ladi.
Oltoy viloyati Krasnoyarsk o'lkasining janubi... Albutta, bu erlarda sovuq bundan-da kuchli.
Mutaxassisning so'zlariga ko'ra, bunday cho'zilgan antitsiklon kamdan-kam uchraydigan hodisa.
Uzoq muddatli havoning pasayishi xavfli ob-havo hodisasidir. Bu vaziyat kommunal xizmatlardan ko'p mehnat talab qiladi, deya ta'kidladi Vul`fand.
Agentlik bilan suhbatlashgan jurnalistning aniqlik kiritishicha, Kurgan va Omsk viloyatlarida me'yoridan ortiq darajada sovuq havo, ya'ni -40 darajadagi harorat uch kundan ortiq davom etadi. Primorsk o'lkasida o'rtacha kunlik harorat -7,-10 bo'lishi, Xanti-Mansiysk avtonom okrugida sovuq havo -15 daraja-40 daraja va undan past bo'lishi kutilmoqda.