Nomidan ham ko'rinib turibdiki, bu asar payg'ambar alayhissalomning shaxsiy hayotlari, u kishining suvrat va siyratlari, ajoyib fazilatlari, odatlariga oid 408 hadisi sharifni o'z ichiga qamragan manbadir. 

Muhammad alayhissalomning hayotiga doir muhim manba sifatida “Ash-shamoil an-nabaviya” azaldan islomshunos olimlar, tadqiqotchilarning diqqatini o'ziga tortib keladi.

Arab tilida yozilgan ushbu asarga bir qancha sharhlar ham yozilgan.

Asarning afzalligi shundaki, tili ravon, uslubi g'oyatda oddiydir.

Ma'lumot uchun: Termiziyning asarlari ichida eng mashhuri, shubhasiz, “Al-jomi'” bo'lib, oltita ishonchli hadislar to'plamlaridan biridir, deya  rasmiy axborot kanali orqali  Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi xabar bermoqda.