Xususan, Andijon viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi boʻlimi xodimlari viloyat IIB xodimlari bilan hamkorlikda giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasini oldini olish yuzasidan tezkor tadbir oʻtkazishdi.

Tezkor tadbir davomida, fuqaro M.Sh. fuqaro Q.Yu.dan sotib olgan 323,11 gr. ogʻirlikdagi “gashish” giyohvandlik vositasini shartli xaridorga 
4 ming AQSH dollari evaziga sotmoqchi boʻlgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olindi.

Shuningdek, fuqaro M.Sh.ning egnidagi kiyimi choʻntagida ham 0,27 gramm “gashish” giyohvandlik vositasi borligi aniqlandi.

Tezkor tadbir davom ettirilib, yana bir fuqaro M.A ham belgilangan tartibda xolislar ishtirokida koʻzdan kechirildi.

Natijada, uning qoʻl telefoni gʻilofi orasida 0,88 gramm hamda “Neksiya 2” rusumli avtomashinasining haydovchi oʻrindigʻi ostida 
0,73 gramm ogʻirlikdagi “gashish” giyohvandlik vositasi yashirilganligi fosh boʻldi.

Tezkor tadbir davomida jami 324.99 gramm “gashish” giyoxvandlik vositalari qonunbuzarlardan ashyoviy dalil sifatida olindi.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.