Olimlarning aytishicha, bu hayvonlar o‘zidan ter chiqarmasligi sababli issiqlikka bardosh bera olmaydi. Salqinlanish uchun ular soyaga yoki suvga tushishadi.
Olimlar olib borayotgan ilmiy izlanishlari va prognozlariga ko‘ra, global isish sayyoradagi nafaqat karkidonlarga balki, boshqa bir fauna olami vakillariga ham salbiy taʼsir ko‘rsatadi. Tabiatni muhofaza qilish bo‘yicha ekspertlar hozirgi tendensiyalarni kuzatish va eng zaif bo‘lgan fauna olami vakillarini kelajakka tayyorlash va moslashtirish uchun katta hududlarda makroekologik tadqiqotlar o‘tkazmoqda.
Hozirgi kunda Yerda 10 mingga yaqin oq karkidon qolgan, qora karkidonlar soni esa 3,1 mingga yaqin.