Googgle bosh ijrochi direktori (bosh direktor) Sundar Pichai "Afrika uchun Google" deb nomlangan onlayn uchrashuvda kompaniya qit’adagi startaplarni qo‘llab-quvvatlashga ustuvor ahamiyat berishini va internet tarmog‘ini kengaytirishga yordam berishini aytdi.

Afrikaning kompyuter emas, telefon orqali internetga kirishni ta’minlash va mobil pul o‘tkazmalari bo‘yicha dunyoda birinchilardan bo‘lganini qayd etgan Pichai, 5 yil ichida qit’ada 300 milliondan ko‘proq odam onlayn bo‘lishini aytdi.

Qit’ada shu paytgacha qilgan sarmoyalari va sa’y-harakatlarini tushuntirib, Pichai 5 yil ichida Internetga kirishni tezlashtirish, kompaniyalarni raqamli o‘zgartirish va boshlang‘ich tashkilotlarni qo‘llab-quvvatlash uchun 1 milliard dollar sarmoya kiritishni rejalashtirilganini ta’kidladi.

Googlening Afrika bo‘yicha direktori Nitin Gajriyaning yig‘ilishda ma’lum qilishicha, Yevropa va Afrika o‘rtasida o‘rnatilgan yangi internet kabel liniyasi narxlarning 21 foizga pasayishiga va internet tezligining oshishiga olib kelishini ma’lum qildi.

Suhrob TUGALOV tayyorladi.