Yong'inlarga 40 darajadan yuqori bo'lgan g'ayritabiiy issiq harorat sabab bo'ldi.

Bir kun avval turistik oroldan 19 ming kishi evakuatsiya qilingan edi. Bu Gretsiya tarixidagi eng yirik evakuatsiya bo'ldi. Ko'pchilik dengiz orqali qutqarildi. Uchta mehmonxona yonib ketdi. Turoperatorlar bu yerni tark etishni xohlovchilarni olib ketish uchun chet el aviakompaniyalaridan Rodosga yo'lovchilarsiz charter reyslarini jo'natishni so'ramoqda, deb xabar beradi mir24.tv.