Yong'in Axaya mintaqasi tog'larida yuzlab gektar o'rmonlarni qamrab oldi. Yong'in aholi punktlariga yaqinlashib qolgan. Rasmiylar ommaviy evakuatsiya haqida e'lon qildi. Odamlar qishloqlarni tark eta boshladi.
Tog'larda yong'inni o'chirish ishlari olib borilmoqda. To'rtta samolyot va vertolyot yong'inni bartaraf etish ishlariga jalb qilindi. G'ayritabiiy issiq harorat tufayli vaziyat murakkablashmoqda, deb xabar beradi mir24.tv.