Hozirgacha 50 kishi bilan bog'lanishning imkoni bo'lmadi. Qutqaruvchilar vayronalar ostidan odamlarni qidirishda davom etmoqda. Vertolyotlar vositasida tabiiy ofat hududidan 70 kishi, jumladan, bolalar evakuatsiya qilindi. endi ular xavfsiz joyda.

Payshanba kuni tushdan keyin Racha mintaqasida ko'lamdor yer ko'chkisi yuz berdi. Ko'chki va sel ikki ko'prikni, shuningdek, yo'llarini vayron qildi. Dam oluvchilarning o'zlari aytganidek, suv va loy oqimi yo'lida uchragan hamma narsani oqizib ketdi. Uch qavatli mehmonxona binosi tabiiy ofatga bardosh bergani ularning hayotini saqlab qoldi, deb xabar beradi mir24.tv.