“Bugun ertalab yangilangan ma'lumotlarga ko'ra, 20 kishining jasadi topilgan”, dedi Gruziya parlamenti spikeri Shalva Papuashvili.
Avvalroq 19 kishi halok bo'lgani haqida xabar berilgan edi.
3-avgust kuni Shovida ko'chki yuz berdi. Yo'llar, ko'priklar, turistik kottejlar zarar ko'rdi. Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, tog'lardan besh million kub metrdan ortiq yer o'pirilib tushgan. 7-avgust Gruziyada motam kuni deb e'lon qilingan edi, deb xabar beradi mir24.tv.