Festival respublika boʻylab 5 kun davomida nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolik jamiyati institutlari, vazirlik va idoralar, mahalliy hokimlik organlari, ommaviy axborot vositalari vakillari, jami 2 mingdan ziyod ishtirokchilarni qamrab olishi koʻzda tutilgan.

Joriy yil 10-fevral kuni Guliston shahar Chexra palass mehmonxonasining konferensiya zalida “Yuksalish” umummiliy harakati Sirdaryo viloyati hududiy boʻlinmasi tomonidan “Favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etishda fuqarolik jamiyatining oʻrni” mavzusida zum konferensiya oʻtkazildi.

Konferensiyaga “Yuksalish” umummiliy harkati Sirdaryo viloyati hududiy boʻlinmasi rahbari, viloyat hokimining jamoat va diniy tashkilotlar boʻyicha oʻrinbosari rahbarlik qildilar. Shundan soʻng spikerlar (video aloqa orqali) “Yuksalish” umummilliy harakati raisi oʻrinbosari, Favqulodda vaziyatlar vaziri oʻrinbosari, “Nihol“ NNT rahbari, Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlarning milliy asotsiatsiyasi Sirdaryo viloyati hududiy boʻlinmasi hamda “Faol hayot” NNT rahbarlari tomonidan fikr va mulohazalar almashildi.

Unga koʻra, viloyat hududidan kesib oʻtgan temir yoʻl boʻylarida obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlarini olib borish, hududni turli chiqindilardan tozalash ishlarini tashkil etish boʻyicha tegishli tuman, shahar hokimlari, sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xoʻjalik masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari va sektor rahbarlari ishtirokida oʻrganishlar olib borib, chora-tadbirlar belgilandi. Tadbir davomida Sirdaryo, Sayhunobod, Mirzaobod, Boyovut va Xovos tumanlari, Guliston va Yangiyer shaharlari hududidan oʻtuvchi temir yoʻllar boʻylari masʼul raxbarlariga biriktirilib, hududlarni obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish boʻyicha topshiriqlar berilishi hamda hudud uchun masʼul rahbarlar amaliy ishlarni boshlashlari belgilandi.

Festivaldan maqsad – islohotlar jarayonlarining barcha ishtirokchilari saʼy-harakatlarini birlashtirish, Oʻzbekistonda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish boʻyicha tavsiya va takliflar ishlab chiqish.

Maʼlumot uchun: Faol fuqarolar umummilliy festivali “Yuksalish” umummilliy harakati hamda Qozogʻistonning fuqarolik jamiyatini rivojlantirish assotsiatsiyasi (ARGO) tomonidan AQSHning Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) koʻmagida amalga oshiriladigan Oʻzbekistonda “Innovatsiya uchun hamkorlik” dasturi doirasida oʻtkazilmoqda.

Viloyat hokimligi Axborot xizmati