Bosh prokuratura huzuridagi Departament, DXX va IIVning Sirdaryo viloyati boshqarmalari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro S.X. Guliston tumani, “Chortoq” MFY hududida joylashgan tuman hokimligi zaxirasidagi 50 sotix yer maydonini fuqaro A.N.ga firibgarlik yoʻli bilan 200 mln soʻmga sotishga kelishib, ushbu yer maydoni hujjatlarini tanishlari orqali rasmiylashtirib berishni vaʼda qilib, oldindan 10 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.