Alisher Navoiy nomidagi kinosaroyda Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan “Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi” DUK hamda Toshkent arxitektura qurilish instituti bilan hamkorlikda suratga olingan “Gʻurbatda Furqat bor ekan taqdirda” hujjatli filmi premyera qilindi.

Kinokartina yetuk maʼrifatparvar adib Zokirjon Xolmuhammad oʻgʻli Furqat hayoti va ijodiga bagʻishlangan.

Kinematografiya agentligining xabariga koʻra, film ssenariy muallifi Baxtiyor Yoqubov, rejissyor Muzaffar Qoraboyev, operator Ravshan Musayev, rassom Sanjar Aminov, kompozitor Abulqosim Muinzoda, kartina direktori Shuhrat Baltabayevlardan iborat ijodiy guruh tomonidan suratga olindi.