Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova boshchiligidagi respublika ishchi guruhi Gʻuzor tumanidagi ta’lim maskanlarida bo‘ldi.
Dastlab vazir tumanning "Yakkadaraxt" mahallasida joylashgan 12-sonli maktabning filialida bo‘lib, o‘quvchi yoshlar bilan muloqot qildi hamda maktabning foydalanishga yaroqsiz eski binosini ko‘zdan kechirdi.
Vazirning tashrifi davomida tuman hokimi Bekzod Suyunov hamrohlik qilib, tumanda ta’limni rivojlantirish uchun respublika miqyosida hal etiladigan muammolarda amaliy yordam berishni so‘radi.
Shuningdek, vazir maktabga bitta xonani informatika xonasi sifatida jihozlab, kompyuterlar bilan ta’minlash haqida topshiriq berdi.
Aholi soni ko‘payishi inobatga olinib, shu kabi maktab filiallari alohida yangi maktab sifatida faoliyat olib borishiga kelishib olindi.
Mehribon CHORIYEVA