Gʻuzor tumanida tashkil etilgan tadbir ham yurtdoshimiz Zarifa Mahkamovaning xotirasidan bir umrga joy oladi.

— Uzoq yillardan beri xonadonimni taʼmirlash haqida oʻylab yurardim, — deydi Z.Mahkamova. — Ammo roʻzgʻorning tashvishlari hammamizga maʼlum. Boz ustiga, uy taʼmirlash uchun ham kattagina mablagʻ kerak. Shu bois tumandagi mutasaddi organlarga murojaat qildim. Ular iltimosimni yerda qoldirishmadi.

Taʼkidlash kerak, Zarifa opaning xonadoni “Mahalla” xayriya jamoat fondi huzuridagi “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi hisobidan taʼmirlab berildi. 16 million soʻmdan ortiqroq mablagʻ sarf etilgan mazkur xayriya tadbirida xonadonning ichki va tashqi koʻrinishlari taʼmirlanib, eshik va derazalar yangisiga almashtirildi.

“Mahalla” fondi

matbuot xizmati