Gidrometeorologiya xizmati markazining xabar berishicha, bugun kunduz kuni Oʻzbekiston boʻyicha Volga boʻyi hududlaridan kirib kelgan sovuq antitsiklon natijasida 23-28° atrofida boʻlgan harorat bilan nisbatan salqin ob-havo saqlanib turadi.

Baʼzi joylarda shamol 15-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang toʻzonlar kuzatilishi mumkin. Respublika boʻyicha quruq ob-havo boʻlishi kutilmoqda, faqat Fargʻona vodiysi viloyatlarida va respublikaning togʻli hududlarida biroz yomgʻir yogʻadi, baland togʻlarda baʼzi joylarda yomgʻir qorga aylanishi mumkin.

Respublika boʻyicha 13-sentyabrda kechasi va ertalab sovuq antitsiklon taʼsiri saqlanib turadi, havo harorati 10-13° ni tashkil etadi. Kunduzi antitsiklon respublikamiz hududidan chekinishi boshlaydi va havo 28-30° gacha isiydi.

14-sentyabrdan va ish haftasining oxirigacha respublika boʻyicha asosan quruq va iliq ob-havo boʻlishi kutilmoqda. Kechalari havo harorati 12-17°, kunduz kunlari 29-34° atrofida boʻladi.