Ish haftasi davomida harorat foni nisbatan tekis boʻladi. Havo harorati asosan kechalari +2...+7°, kunduzi +13...+18°, ayrim kunlarda +20...+22° boʻladi.
Haftaning katta qismida Oʻzbekiston hududi boʻyicha yogʻingarchilik kutilmaydi. Faqat 22-fevral chorshanba baʼzi joylarda biroz yomgʻir yogʻadi.
Ayrim joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayadi.
Juma kuni respublikaning shimoli-gʻarbiy hududlariga Rossiyaning Yevropa qismi ustida shakllangan sovuq va nam havo massasi kirib kelishi boshlanadi. Havo harorati pasaya boshlaydi.
Dam olish kunlari sovuq va nam havo massasining kirib kelishi respublikaning barcha hududlariga tarqaladi.