Ertaga, 8-dekabrda mamlakatimiz hududlarining baʼzi joylarida biroz qor yogʻadi, Qoraqalpogʻistonda, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yogʻingarchilik kutilmaydi. Chorshanba kuni faqat Toshkent, Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida yogʻingarchilik boʻlishi ehtimoli saqlanib turadi. 10-11-dekabrda ob-havo yogʻingarchiliksiz boʻladi. Hafta davomida havo harorati kechalari 2-7 daraja sovuq, kunduz kunlari 0-5 daraja iliq atrofida boʻladi, shuningdek bu kunlarning iqlimiy meʼyoridan 6-9 darajaga past boʻladi, deb xabar beradi Oʻzbekiston gidrometeorologiya markazi.
Haftalik ob-havo
Bugun Respublika hududlarining koʻp qismida yogʻingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi, faqat Surxondaryo viloyatida, kechga tomon esa Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida biroz yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻlishi mumkin. Harorat foni meʼyoriy qiymatlardan 6-8 darajaga past boʻlishi saqlanib turadi va 0-5 daraja iliqni tashkil etadi.
Xitoy odamlarni Oyga qöndiriş rejasini eʼlon qildi
- 2026-yil 1-noyabr kuni yurtimizda 248,6 mln kVt·soat elektr energiyasi işlab çiqarildi
- Prezidentimiz xorijda mehnat qilayotgan fuqarolarning ish staji va pensiya huquqini tan olish masalasiga to‘xtaldi
- Kuçli taʼsir qiluvçi dori vositalari savdosi bilan şuğullanib kelgan şaxslar uşlandilar
- 30-noyabrdan 5-dekabrga qadar Toshkentda “Yangi O‘zbekiston – global imkoniyatlar chorrahasi” forumi o‘tkaziladi
- Xorijdagi ish o‘rinlari haqidagi ma’lumot har bir mahallagacha yetib borishi kerakligi ta’kidlandi