Qayd etilishicha, boʻlgʻusi hojilarni kuzatish uchun Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari, Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisi Sodiqjon Toshboyev, shuningdek, taniqli ulamolar, imom-domlalar, mutasaddilar va OAV vakillari Toshkent xalqaro aeroportida jam boʻldi.
Muborak safar oldi Muftiy hazratlari Alloh taoloning bayti sari yoʻl olayotgan ziyoratchilar eson-omon Haj amallarini bajarib, yurtimizga sogʻ-salomat qaytib kelishlarini soʻrab xayrli duolar qildilar.
Shunday qilib, orzulari roʻyobidan his-hayajonga toʻlgan “Haj – 2025” mavsumining ilk ziyoratchilari Toshkent xalqaro aeroportidan Saudiya Arabistoniga joʻnab ketdi.