Brifingda, Saudiya Arabistoni tomoni bilan olib borilgan muzokaralardan soʻng joriy yil Oʻzbekiston fuqarolari uchun umumiy haj kvotasi 10 865 nafar etib belgilandi, deya xabar beradi Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati.
Maʼlumot uchun, 2019-yilda bu koʻrsatkich 7 200 nafarni tashkil etgan edi.
Yana shuni alohida taʼkidlash kerakki, joriy haj mavsumi uchun haj kvotasining oshirilgani, shubhasiz, yurtimiz ziyoratchilari uchun juda katta xushxabar boʻldi.