Hajda ilk bor qutqaruvchi dron ishga tushiriladi

    Voqea-hodisalar 2 Iyun 2025 743

    Bu yilgi haj mavsumida ilk bor Falcon nomli oʻt oʻchiruvchi va qutqaruvchi dron ishga tushiriladi, deya xabar bermoqda Saudiya Arabistoni fuqarolik mudofaasiga tayanib, Arab News.

    Sunʼiy intellekt bilan jihozlangan dron baland togʻlarda yoki chekkaroq hududlarda yongʻinlarni oʻchirish va qutqaruv ishlarini olib borishga moʻljallangan. U yuqori balandliklarda 12 soatgacha parvoz qilib, taxminan 40 kilogrammgacha yuk koʻtarishi mumkin.

    Dron hodisa joyidan jonli efirga uzatish imkoniyatini ham beradi. Uning asosiy afzalliklari tezkor javob berish, xodimlar uchun xavfni kamaytirish va real vaqt rejimida tasvirga olish orqali qaror qabul qilish imkoniyatlaridan iborat.