«NEET yoshlari» muammosini hal qilish majlisda asosiy masalalardan biri bo‘ldi. MDH parlamentlari a’zolari yoshlar o‘rtasidagi ishsizlikni qonunchilik yo‘li bilan tartibga solish orqali hal etish hamda Hamdo‘stlik mamlakatlarida ishlamaydigan va o‘qimaydigan yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirish usullari xususida o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.
Masala muhokamasida Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekiston vakillari ishtirok etdi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasi a’zosi Muhammad Valiev O‘zbekistonning hozirgi bosqichda yoshlar parlamentlari tuzilmalarini rivojlantirish tajribasi borasida ma’lumot berdi. Xususan, M. Valiev O‘zbekiston Senati va Qonunchilik palatasi huzurida yoshlar parlamentlari tashkil etilgani va faol ravishda faoliyat yuritayotganini ta’kidladi. Yoshlar parlamentlarining maqsadi – mamlakat yoshlarini qo‘llab-quvvatlash, ularning huquqiy ongi va savodxonligini oshirish, yoshlarni jamiyatning siyosiy faol qatlamiga aylantirish va ularning siyosiy-huquqiy bilim va ko‘nikmalarini amalda boyitish, qonun ijodkorligi va qonun ijodkorligi jarayonlariga yoshlarni keng jalb qilish, shuningdek, qabul qilingan qonunlarni yoshlar o‘rtasida, ularning parlamentdagi faoliyatida keng targ‘ib qilishdir.
Yosh qonun chiqaruvchilar yoshlarning xalqaro hamkorligini faol qo‘llab-quvvatlayapti. YoPAning sayyor sessiyasini O‘zbekistonda o‘tkazish bu yo‘nalishdagi navbatdagi qadam bo‘lib xizmat qiladi.
Yoshlar assambleyasi ishtirokchilari tomonidan joriy yildagi ish yakunlari ham sarhisob qilinib, MDH YoPAning yangi koordinatori saylandi – endilikda Assambleyaga raislik qilish Ozarbayjondan Armanistonga o‘tdi.
Yosh parlament a’zolari «Yoshlarning xalqaro hamkorligiga qo‘shgan hissasi uchun» faxriy nishon bilan taqdirlash uchun taqdim etish haqidagi takliflarni ham ko‘rib chiqdi. Mukofot yoshlar qanoti tashabbusi bilan MDH Parlamentlararo Assambleyasi Kengashi tomonidan ta’sis etilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Axborot xizmati.