Hamid Olimjon va Zulfiya hayoti va ijodiga bagʻishlangan badiiy film suratga olinmoqda

    Madaniyat 10 Noyabr 2020 6497

    “Oʻzbekkino” Milliy agentligi buyurtmasiga binoan “New sight media” ijodiy studiyasi tomonidan shoir, dramaturg, davlat va jamoat arbobi Hamid Olimjon va shoira Zulfiyaxonim hayoti va ijodiga bagʻishlangan “Muhabbat bahori” nomli badiiy film suratga olinmoqda, deb xabar bermoqda agentlik matbuot xizmati.

    Mazkur filmning suratga olish ishlari Toshkent, Samarqand, Jizzax viloyatlari hamda Qoʻqon shahrida boʻlib oʻtmoqda. Film rejissyori Ibrohim Rasulov, ssenariy mualliflari Mikoil Sulaymonov va Zulfiya Qurolboy qizi, postanovkachi operator Talʼat Mansurov.

    Filmda rollarni Hamza Hasanov (Hamid Olimjon), Shahnoza Hojimurodova (Zulfiya), Shohida Ismoilova, Mehriddin Rahmatov va mohir aktyorlar ijro etmoqda.