Qitʼaning barcha davlatlaridan delegatlar, milliy velosport federatsiyalari mutasaddilari ishtirok etgan kongress davomida mazkur sport turi boʻyicha oʻtgan 2024-yil davomidagi tadbirlar, musobaqalar tahlil qilindi. 2025-yilgi sport taqvim rejasi tasdiqlandi.
Kongressda Osiyo velosport konfederatsiyasining ijroiya qoʻmitasi aʼzoligiga yangi nomzodlar saylandi.
Delegatlarning taklifi va ovoz berishi natijasida Oʻzbekiston velosiped sporti federatsiyasi raisining birinchi oʻrinbosari Kozim Oʻrinboyxoʻjayev Osiyo velosport konfederatsiyasi bosh kotibi vazifasiga saylandi.