Hamyurtimiz Qirgʻizistonda oʻtkazilgan xalqaro turnirda 2ta oltin medalga sazovor boʻldi

    Sport 23 Yanvar 2021 555

    Shu yil 17-22-yanvar kunlari Qirgʻizistonning Chuy viloyati Orlovka shahrida togʻ changʻisi boʻyicha xalqaro turniri boʻlib oʻtdi.

    Changʻi sport turlari Xalqaro federatsiyasi (FIS) taqvim rejasiga kiritilgan mazkur musobaqada toʻrtta qoʻshni mamlakat vakillari, yaʼni Qirgʻiziston, Qozogʻiston, Oʻzbekiston va Tojikistondan kelgan 20 nafardan ortiq eng kuchli sportchilar ishtirok etishdi.

    Turnirda yurtimiz sharafini Komiljon Toʻxtayev, Valeriya Kovalyova, Arman Gayupov, Medet Nazarov, Muhammadali Asanov, Rolan Raimkulov, Aqilbek Buxarbayev, Raʼno Imonqulovalar himoya qilishdi.

    Eʼtiborlisi, togʻ changʻisining gigant slalom yoʻnalishida ikkita oltin medal hamyurtimiz, qishki Olimpiya oʻyinlarida muntazam ishtirok etib kelayotgan sportchimiz Komiljon Toʻxtayevga nasib etdi.