Ushbu markaz tashkil etilgani 50-yilligi bilan tabriklab, uning barcha xodimlariga minnatdorlik bildirdi.
"Bugun Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi oʻzining 50-yilligini nishonlamoqda.
Markazning barcha xodimlarini ushbu muhim sana bilan chin yurakdan tabriklayman va ularning har kunlik fidokorona mehnatlari uchun chuqur minnatdorligimni bildiraman.
Bachadon boʻyni va koʻkrak bezi saratoni profilaktikasi hamda uni davolash boʻyicha yangi Davlat dasturi doirasida ayollarni skrining tekshiruvidan oʻtkazish va qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtiramiz. Ona suti bilan oziqlantirishni qoʻllab-quvvatlashga alohida eʼtibor qaratiladi.
Biz birgalikdagi saʼy-harakatlarimiz bilan har bir ayol uchun baxtli onalikni kafolatlaydigan sharoit yaratishimizga ishonaman", deb yozadi Saida Mirziyoyeva oʻzining ijtimoiy tarmogʻidagi sahifasida.