Har bir tadbirkor – yoshlarga madadkor

    Keyingi avlod 9 Yanvar 2021 3951

    Prezidentimiz tomonidan joriy yil 25-dekabr kuni oʻtkazilgan “Oʻzbekiston yoshlari forumi”da yoshlarda ijobiy motivatsiya, biznes va tadbirkorlik sohasida zarur bilim va malakalarni shakllantirish, shu orqali ularni tadbirkorlikka keng jalb etish va bandligini taʼminlash boʻyicha “Har bir tadbirkor - yoshlarga madadkor” tashabbusi qoʻllab-quvvatlandi.

    Ushbu tashabbus doirasida hududlarda ishsiz va uyushmagan yoshlarni kasb- hunar va tadbirkorlik koʻnikmalariga oʻqitish tashkil etish asosida 1 nafar tadbirkorga 1 nafardan ishsiz yoshni biriktirish orqali 2021-yilda kamida 500 ming nafar yoshni ish bilan taʼminlash vazifasi belgilab berildi.

    Shu maqsadda, 2021-yildan boshlab hududlarda yoshlar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash va ularni kasb-hunarga oʻqitishning yangi tizimi joriy etiladi.

    Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga murojaatnomasida belgilangan vazifalar ijrosini sifatli tashkil etish, “Har bir tadbirkor - yoshlarga madadkor” tamoyili asosida hududlarda yoshlar bilan ishlash tizimi samaradorligini oshirish, “yoshlar daftar”ga kiritilgan fuqarolarni tadbirkorlik koʻnikmalari va kasb-hunarga oʻqitish tizimini kengaytirish, shu orqali yoshlar bandligini taʼminlash maqsadida, shuningdek 2021-yilning “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” deb eʼlon qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida 2020-yil 30-dekabr kuni oʻtkazilgan yigʻilishning 11-son bayoniga asosan Yashnobod tumanidagi “Ishga marhamat” mono-markazida 2021-yil 8-yanvardan boshlab “Har bir tadbirkor – yoshlarga madadkor” tamoyili asosida «Yoshlar: 1+1” dasturi doirasida ishsiz va uyushmagan yoshlarni kasb-hunar va tadbirkorlikka oʻqitish boʻyicha oʻquv-kursi tashkil etildi.

    2021-yil 8-yanvar kuni “Ishga marhamat” mono-markazida soat 09:00 dan boshlab yoshlar uchun oʻquv-kursi boshlandi va hozirda davom ettirilmoqda.

    Ushbu oʻquv-kursida 20 nafar yoshlar ishtirok ishtirok etmoqda.

    Bundan tashqari, Yashnobod tumani davlat soliq inspeksiyasi, Yashnobod tumani Savdo sanoat palatasi, tijorat banklar va Yashnobod tumani Davlat xizmatlari markazi vakillari ishtirok etishmoqda.