Harbiylar uchun filmlar namoyish qilinmoqda

    Madaniyat 12 Yanvar 2022 2643

    Kinematografiya agentligi tashabbusi bilan oʻtkazilayotgan “Milliy kinematografiya – Yangi Oʻzbekiston timsoli” kino oyligi davom etmoqda.

    Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari akademiyasida, Qurolli kuchlar Akademiyasi oʻquv jarayonini taʼminlash bazasida, Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanida joylashgan 64562-harbiy qismda, Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy institutida milliy filmlar namoyish etildi.

    Kuni kecha Toshkent harbiy okrugi 07984 va 531 SCHR batalyonida “Yolgʻon girdobi” filmi namoyish qilindi. Mard va jasur harbiylarimiz bu kabi filmlardan toʻgʻri saboq chiqargan holda ona Vatan oldidagi burchlarini chin dildan bajarishga soʻz berishdi. Ustozlari bilan ushbu filmlardagi gʻoyalar va obrazlar toʻgʻrisida munozara yuritishdi.