Mazkur ijtimoiy loyihada Toshkent Botanika bog'i ilmiy xodimlari bolalarga atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiatga oqilona munosabatda bo'lish, o'simliklar olamini asrab-avaylash hamda Toshkent Botanika bog'i kolleksiyasida mavjud, yurtimizni ko'kalamzorlashtirish, obodonlashtirishda foydalanilib kelinayotgan manzarali daraxt, buta va ignabargli o'simliklarning botanik tavsifi, tarqalishi, ularni ko'paytirish hamda ekish bo'yicha tavsiyalar berdi.
Bolajonlarda atrof-muhitni asrash ko'nikmalarini rivojlantirish maqsadida ushbu daraxtlarning fotosuratlari chizildi.