Aldo Steynfeld boshchiligidagi Shveytsariya Oliy texnika maktabi tadqiqotchilari uch asosiy bo'lmadan iborat qurilma ishlab chiqishdi. Bo'lmalardan biri to'g'ridan-to'g'ri havoni ushlab qolishga mo'ljallangan, ikkinchisi oksidovchi-tiklanuvchi bo'lma. Uchinchisi esa gazni suyuqlikka aylantirib berish vazifasini bajaradi.

Parabolik antennani eslatuvchi bu qurilma quyosh nurini reaktorga uzatadi. Unda havodan suv va  karbonad angidrid ajratib olinadi. Hosil bo'lgan qorishmadan keyinchalik kerosin, metanol kabi suyuq uglevodorodlar ishlab chiqariladi.  

Sinovdan o'tayotgan mazkur tizim har qanday ob-havo sharoitida barqaror ishlay oladi. Quyosh nuri vositasida 7 soatda 32 millilitr metanol ishlab chiqaradi.

Avvaliga sarmoya xarajatlari tufayli bunday yonilg'i qazib olinayotgan kerosinga qaraganda qimmatroq bo'ladi. Mazkur texnologiya mualliflari mazkur g'oya keng miqyosda qo'llanilib, bunday yonilg'idan keng miqyosda foydalanishga o'tilishi bilan uni ishlab chiqarishga ketadaigan xarajatlar kamayishiga umid qilishmoqda, deya xabar beradi ria.ru.