“Havoning ifloslanishi har yili 7 million odamning oʻlimiga sabab boʻlyapti, — deydi JSSTning iqlim oʻzgarishi, salomatlik va atrof-muhit masalalari boʻyicha departamenti direktori Mariya Neyra. — Shuningdek, bu holat koʻplab kasalliklarni avj oldiryapti.

Masalan, atmosferadagi zaharli moddalar oʻpka orqali qon aylanish tizimiga kirib, yurak-qon tomir xastaliklarini keltirib chiqarishi mumkin.

Qolaversa, olimlar fikricha, havoda azot dioksidi miqdori oshishi nafas yoʻllarida jiddiy muammolar, xususan, bronxial astmani yuzaga keltiradi.

Shu bois, JSST dunyo mamlakatlarini atmosfera ifloslanishining oldini olishga qaratilgan samarali choralar koʻrishga chaqirdi, deb xabar beradi Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.