Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bulungʻur tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “G.H.” avtomaktabi oʻrgatuvchi ustasi Gʻ.Q. fuqaro A.R.ga avtomaktabda oʻqimasdan haydovchilik guvohnomasi olib berishi evaziga 600 AQSH dollarini olib, unga soxta guvohnoma rasmiylashtirib berganligi aniqlanib, Gʻ.Q. tomonidan 100 AQSH dollarining qaytarilishi protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.
Shuningdek, Departamentning Shahrixon tumani boʻlimi va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda “Vataparvar” tashkilotining tuman boʻlimi hisobchisi Sh.X. fuqaro G.A.ga haydovchilik guvohnomasini olishi uchun oʻquv kursida oʻqiganligi toʻgʻrisida sertifikat olib berishi evaziga 5,2 mln soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Hozirda holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.