Haydovchining uxlab qolishi natijasida yoʻl-transport hodisasi sodir etildi

    Holat xalqaro ahamiyatga ega boʻlgan A-380 Buxoro halqa avtomobil yoʻlida sodir boʻlgan.

    Buxoro IIB hodisa yuzasidan rasmiy maʼlumot berdi.

    Holat, joriy yilning 23-mart kuni soat 20:10 larda Buxoro viloyati Buxoro tumani hududidan oʻtuvchi xalqaro ahamiyatga ega boʻlgan A-380 Buxoro halqa avtomobil yoʻlining 16-km.ga yetganda sodir boʻlgan.

    Bunda Turkmaniston Respublikasi Ovri shahrida yashovchi, 1992-yilda tugʻilgan Dins Tanju ismli shaxs boshqaruvida boʻlgan “Mersedes-Bens" rusumli (33 ANG 869) yuk avtomashinasi harakatlanish vaqtida yoʻlni ajratib turuvchi beton toʻsiqqa urilishi natijasida yoʻl-transport hodisasi sodir boʻlgan.

    Yoʻl-transport hodisasi yuk avtomashinasi haydovchisining uxlab qolishi natijasida yuz bergan.

    Mazkur yoʻl-transport hodisasida hech kim tan jarohati olmagan, faqatgina transport vositasiga shikast yetgan.

    Mazkur yoʻl-transport hodisasi yuzasidan Buxoro tumani IIB JXX YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.