Qayd etilishicha, Ramazon hayitining birinchi kuni 30-martga toʻgʻri kelishi munosabati bilan shu yilning 30-mart kuni poytaxtimizdagi 124 ta masjidda hayit namozi oʻqilishi kutilmoqda.

Shuningdek, Hayit namozini yuqori saviyada va tartibli oʻtkazish, fuqarolarga zarur shart-sharoit yaratish va ularning xavfsizligini taʼminlash maqsadida 30-mart soat 00:00 dan 7.30 gacha poytaxtning quyidagi koʻchalari va yoʻllarda avtotransport vositalarining harakati vaqtincha toʻxtatiladi.

Mirzo Ulugʻbek tumani :

“Toʻra buva” masjidi oldidagi Buyuk Ipak yoʻli koʻchasi — Shoʻrtepa koʻchasidan, Buyuk Ipak yoʻli — Sultoniya koʻchasigacha.

Bektemir tumani :

“Xoʻton”« masjidi oldidagi Bektemir shoh koʻchasi — Xusayn Boyqaro koʻchasidan Bektemir yoʻli koʻchasigacha.

Olmazor tumani:

“Islomobod” masjidi oldidagi KXAY koʻchasi — KXAY– Sagʻbon koʻchalari chorrahasidan, Nurafshon — Sagʻbon koʻchalari chorrahasigacha.
“Hazrati imom” masjidi oldidagi Qorasaroy koʻchasi – Qorasaroy – Nurafshon koʻchalari chorrahasidan, Qorasaroy – Abdulla Qodiriy koʻchalari chorrahasigacha.
“Doʻstjonboy” masjidi oldidagi Sagʻbon-Sagʻbon 12-tor koʻchalari kesishmasidan, Keles yoʻli-Noraztepa koʻchalari chorrahasigacha.

Shayxontohur tumani:

“Shayx Zayniddin” masjidi oldidagi Koʻkcha Darvoza – Nurafshon koʻchalari chorrahasidan Koʻkcha Darvoza – Beshqayragʻoch koʻchalari chorrahasigacha.
“Xoʻja Allambardor” masjidi oldidagi Bunyodkor — Kamolon koʻchalari chorrahasidan Kamolon — Ustazoda 2-tor koʻchalari chorrahasigacha.
“Kox ota” masjidi oldidagi Sebzor koʻchasi – Nurafshon – Sebzor koʻchalari chorrahasidan Nurafshon – Labzak koʻchalari chorrahasigacha.

Chilonzor tumani:

“Ubay ibn Kaʼb” masjidi oldidagi Al-Xorazmiy koʻchasi – Al Xorazmiy – Xirmontepa koʻchalari chorrahasidan Al Xorazmiy – Katta qani chorrahasigacha.
“Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf” masjidi oldidagi Soʻgalli ota koʻchasi – Al-Xorazmiy – Soʻgalli ota koʻchalari kesishmasidan Xonabod 2-berk koʻchasidan – Soʻgalli ota koʻchasigacha.
“Novza” masjidi oldidagi Bunyodkor-Muqimiy koʻchalari kesishgan koʻprik ostidan Oliy Majlis binosi qarshisigacha boʻlgan yoʻlda harakat cheklanadi.

Uchtepa tumani:

“Abdulloh ibn Maʼsud” masjidi oldidagi Lutfiy koʻchasi – Lutfiy – Xirmontepa koʻchalari chorrahasidan Lutfiy – Katta qaʼni koʻchalari chorrahasigacha.
“Hazrati Ali” masjidi Nazarbek-Mahorat koʻchalari chorrahasidan Nazarbek-Zamaxshariy 1-tor koʻchalari chorrahasigacha.

Yunusobod tumani:

“Minor” masjidi oldidagi KXAY koʻchasi – KXAY va Koʻrgazma koʻchalari chorrahasidan KXAY –Sh.Rashidov koʻchalari chorrahasigacha.
“Mirzo Yusuf” masjidi oldidagi Bogʻishamol koʻchasi – Bogʻishamol koʻchasidan Shivli koʻchasigacha.

Yakkasaroy tumani:

“Usmon bin Maʼzun” masjidi oldidagi KXAY koʻchasi – KXAY – Qushbegi chorrahasidan KXAY – Fayzli Toshkent koʻchalari chorrahasigacha.

Sergeli tumani:

“Nurul Islom” masjidi oldidagi TXAY-Fayzli Toshkent koʻchalari chorrahasidan, TXAY-Qumariq koʻchalari chorrahasigacha.

Yashnobod tumani:

“Islom ota” masjidi oldidagi Fargʻona yoʻli koʻchasi – Fargʻona yoʻli – Fitrat koʻchalari chorrahasidan Fargʻona yoʻli – Tolimarjon koʻchalari chorrahasigacha.

Mirobod tumani:

“Qoʻyliq ota” masjidi oldidagi TXAY koʻchasi – Qoʻyliq bozori koʻprik ostidan TXAY va Munis koʻchalari chorrahasigacha cheklanadi.

Fuqarolardan vaqtincha aylanma yoʻllardan foydalanish tavsiya etiladi.