Shu munosabati bilan quyidagi uchastkalarda harakatga cheklov kiritiladi:

  • Soʻgʻdiyona koʻchasi — Yangi Sergeli koʻchasi kesishmasidan Jaloyir va Bagʻrikeng koʻchalari kesishmasigacha boʻlgan qismi;
  • Jaloyir koʻchasi — Soʻgʻdiyona koʻchasi kesishmasidan Obihayot koʻchasi kesishmasigacha boʻlgan qismi.

Shuningdek, Bektemir tumanida 2025-yil 25-dekabrdan boshlab Chirchiqboʻyi koʻchasining maʼlum qismida, “Coca-Cola Garden” bogʻida oʻtkaziladigan bayram tadbirlari hamda fuqarolar xavfsizligini taʼminlash maqsadida avtomobillar harakati vaqtincha cheklanadi.

Mazkur yoʻnalishdan harakatlanuvchi haydovchilarga aylanma yoʻllardan foydalanish, harakatni oldindan rejalashtirish tavsiya etildi.

Cheklov muddati: 2025-yil 25-dekabrdan 2026-yil 10-yanvargacha.