Kompaniya asoschisi robotning katta istiqbolga ega ekanligiga ishonchi komil. Uning ijodi odamlar tomonidan yaratilganidan deyarli farq qilmaydi.
Ishlab chiquvchilarning ta'kidlashicha, robot 99 foiz hollarda inson haykaltaroshning o'rnini bosishi mumkin. Shu bilan birga, kompaniya ularning texnologiyasi ustalarning qo'l mehnatining o'rnini bosa olmasligini ham yaxshi anglaydi. Robot faqat ish jarayonini yaxshilashi, hayratga soladigan haqiqiy asarlar yaratish jarayonini osonlashtirishi va tezlashtirishi mumkin.
Taxminan 4 metr balandlikdagi robot “1L”, deb nomlanadi. U hatto eng qiyin sharoitlarda ham marmarning eng kichik bo'laklarini kechayu kunduz aniq sayqallash imkoniga ega. Texnologiya ilm-fandagi katta yutuq sifatida qaralmoqda.