“Hindiston Odisha qirg'oqlari yaqinidagi Abdul Kalam orolidan uzoq masofaga uchuvchi gipertovushli raketani muvaffaqiyatli sinovdan o'tkazib, katta marraga erishdi”, dedi mudofaa vaziri.
Singx buni tarixiy voqea deb atadi va Hindiston endi o'zini ilg'or va muhim texnologiyalarga ega davlatlardan biri deb bilishini qo'shimcha qildi. Shuningdek, u mamlakat Mudofaa tadqiqotlari va ishlanmalari tashkiloti, uning qurolli kuchlari va sanoatini muvaffaqiyatli sinovlar bilan tabrikladi, deb xabar beradi lenta.ru.