Qayd etilishicha, bu o'tgan asrning 60-yillarida Hind suvlari to'g'risidagi kelishuv imzolanganidan beri uning to'silishi bilan bog'liq birinchi holatdir. O'shanda tomonlar siyosiy ziddiyatlarga qaramay, resursni bo'lishishga kelishib olishgan.
Pokiston avvalroq Hindistonning Hind daryosidan suv oqimini to'xtatish yoki boshqa tomonga yo'naltirish bo'yicha har qanday urinishini urush harakati sifatida ko'rishini aytgan edi.
24-aprel kuni ham Pokiston Hindiston uchun havo hududini yopgani va Hindistonning mudofaa, flot va aviatsiya bo'yicha maslahatchilarini non grata deb e'lon qilgani ma'lum bo'ldi. O'z navbatida, Nyu-Dehli pokistonliklarga vizalar berishni to'xtatishi va berilgan vizalarni bekor qilishini ma'lum qildi.
Mamlakatlar o'rtasidagi munosabatlar 22-aprel kuni Hindiston bilan ittifoqdosh bo'lgan Jammu va Kashmir hududida sodir etilgan teraktdan so'ng yomonlashdi, deb xabar beradi lenta.ru.