Daryolar qirg'oqdan toshib chiqdi, ko'priklar va uylar qulab tushdi. Avtotransport harakati to'xtatildi. Hindiston poytaxtida kuniga maksimal yog'ingarchilik qayd etilgan – 153 millimetr. Mazkur holatga musson yomg'irlari va O'rtaer dengizidan nam havo massalarining kirib kelishi sabab bo'ldi. Sinoptiklar kelgusi bir necha kun davomida noqulay ob-havo sharoiti saqlanib qolishini taxmin qilishmoqda.

Yaponiyaning janubi-g'arbiy qismida ham vaziyat xuddi shunday. U yerda kamida olti kishi halok bo'ldi, uch kishi bedarak yo'qoldi. Mintaqada kuchli yomg'ir yog'di, suv toshqini va ko'chkilar yuzaga keldi. O'n minglab odamlar evakuatsiya qilinishi kerak. 2000 ga yaqin xonadon elektr energiyasisiz qoldi, deb xabar beradi mir24.tv.