Hindiston va Turkiyaga borish uchun kimlarga ruxsat beriladi?

    Salomatlik 9 May 2021 778

    Tegishli tashkilotlarning taklifini inobatga olgan holda Respublika maxsus komissiyasi qaroriga koʻra, shu yilning 10-mayidan Hindiston va Turkiyaga faqatgina:

    xizmat safariga boruvchi Oʻzbekiston fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar,

    xorijda tahsil olayotgan talabalar,

    Oʻzbekistonda yashash huquqiga ega boʻlgan chet davlat fuqarolari,

    diplomatlar va ularning oila aʼzolari,

    xorijda faoliyat yurituvchi fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar,

    investitsiya loyihalari doirasida olib kelingan mutaxassislar,

    tranzit va transfer yoʻlovchilar,

    xorijda davolanish uchun ketayotgan fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga (tegishli hujjatlar taqdim etilgan taqdirda) aviachiptalarni sotish tizimi joriy etiladi.

    Bunda Hindiston va Turkiyaga:

    xizmat safariga boruvchi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga Respublika maxsus komissiyasining ruxsati bilan aviachiptalar sotiladi;

    xorijda tahsil olayotgan talabalar, Oʻzbekistonda yashash xuquqiga ega boʻlgan chet davlat fuqarolari, diplomatlar va ularning oila aʼzolari, xorijda faoliyat yurituvchi fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar, investitsiya loyihalari doirasida olib kelingan mutaxassislar, tranzit va transfer yoʻlovchilar, xorijda davolanish uchun ketayotgan fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga Hindiston va Turkiyaga borish maqsadida aviachipta xarid qilish uchun Respublika maxsus komissiyasining ruxsati talab etilmaydi.

    Ularga aviachiptalar tegishli tasdiqlovchi hujjatlarga asosan sotiladi, aeroportdan roʻyxatdan oʻtishda aeroport xodimlari nazorati amalga oshiriladi.

    Sogʻliqni saqlash vazirligi
    Matbuot xizmati