“Dunyo” AA maʼlumotlariga koʻra, juma kuni Hindiston sogʻliqni saqlash vazirligi (aholisi 1.3 milliard) kuniga 62, 5 mingdan oshiq yangi koronavirus kasalligi aniqlanganligi, bu esa mamlakatdagi kasallanganlar sonini 2,03 millionga yetkazishini aytdi.

Reuters xabariga koʻra, Hindistonda iyun oyining oʻrtalaridan boshlab kuniga oʻrtacha 50 000 odam infeksiyani yuqtirgan. Aslida bugungi kunda dunyodagi bemorlarning 11 foizi Hindistonda yashaydi. Mutaxassislarning taxmin qilishicha, mamlakat epidemiyasi bir necha oy ichida avjiga chiqishi mumkin.

Biroq Hindiston hukumati COVID-19 dan oʻlimning nisbatan past koʻrsatkichi haqida xabar beradi. Bu taxminan 2 foiz yoki 41,585 oʻlimga teng.

«Bosh vazir Narendra Modi 25-mart kuni avj olgan dastlabki bosqichlardayoq karantin cheklovlarini kuchaytirdi. Bu esa ishchi- muhojirlarning shaharlardan qishloqlarga qaytishlariga sabab boʻlgan edi», deb yozadi Reuters.

Shu bilan birga bir necha shtatlar, va Biharning halokatli iqtisodiyotini qutqarish uchun izolyatsiya choralari yumshatilganidan keyin soʻnggi haftalarda kasallik holatlari keskin koʻpaygan.

Oʻzbekistonning Dehlidagi elchixonasi maʼlumotlariga koʻra, 7-avgustda Hindistonda Oʻzbekiston fuqarolari orasidan hech kim COVID-19 kasalligiga chalinmagan.