Hindistonda 7 milliondan oshiq COVID-19 aniqlansada...

    Dolzarb 12 Oktabr 2020 636

    Eronda 24 soatda 251 kishi koronavirusdan vafot etdi, bu eng yuqori kunlik koʻrsatkich boʻldi, deb xabar beradi AP News.

    Reuters axborot manbasining xabariga koʻra, Italiyada COVID-19 holatlari ortib borishi tufayli yangi cheklovlar joriy etilishi koʻrib chiqilmoqda. Xususan, ziyofatlar oʻtkazish, kafe, bar va restoranlar faoliyati tartibga solinadi.

    Hindistonda COVID-19 holatlari 7 milliondan oshgan boʻlsada, soʻnggi haftada yangi holatlar soni kamaydi, deb xabar tarqatgan ABC News.

    Isroilda koronavirusga chalingan bemorlarni davolash uchun yangi markaz ochildi. Chunki mamlakat — dunyoda kunlik virus yuqtirish boʻyicha aholi boshiga eng yuqori koʻrsatkichga ega davlatlardan biri hisoblanadi. Bu haqda Gulf News xabar beradi.

    Slovakiyada payshanba kunidan boshlab qatʼiy karantin cheklovlari, jumladan niqob taqish rejimi joriy qilinadi. Barcha fitnes markazlar, akvaparklar, choʻmilish havzalari va saunalar yopiladi, deb ogohlantiradi The Guardian.

    Xuddi shu manbaning tarqatgan xabariga koʻra, yakshanba kuni Gretsiyada pandemiya boshlangandan beri koronavirusdan vafot etish boʻyicha eng koʻp kunlik koʻrsatkich yaʼni 13 ta oʻlim qayd etilgan.