Natijada vayronagarchiliklar tagidan yetti nafar qurbon boʻlgan shaxslar jasadi topilgan va yana taxminan 170 kishi dom-daraksiz yoʻqolgan deb eʼlon qilingan.

Bu haqda tabiiy ofatlarni bartaraf etish boʻyicha davlat markazining yakshanbada tarqatgan maʼlumotlarida xabar berilgan.

“Bugun Uttarakxanddagi suv toshqini oqibatida yetti kishi qurbon boʻlgan, olti kishi yaralangan, taxminan 170 kishi dom daraksiz yoʻqolgan”, deyiladi xabarda. Avvalroq 10ta qurbon haqida soʻz ketgandi.

Hozir muz qulab tushishi oqibatida bekilib qolgan ikkinchi togʻ tunnelidan ishchilarni qutqarish boʻyicha qutqaruv ishlari olib borilyapti. Qutqaruv ishlariga chegarachilar ham jalb etilgan. Chegara qoʻshinlari matbuot-vakili Vivek Pandeining bergan maʼlumotiga koʻra, dastlabki maʼlumotlarga koʻra, tunnelda kamida 30 kishi qolgan boʻlishi mumkin. Avvalroq qutqaruvchilar boshqa tunneldan 16 nafar ishchini qutqarishga muvaffaq boʻlgan.

The Times of India Pandeining “Biz kechasi ha operatsiyani davom ettiramiz. Guruhimiz ishlayapti, va biz ularni qutqarishimizga ishonamiz”, — degan soʻzlarini keltirgan.

Muz boʻlagi Ganga induslari uchun muqaddas sanalgan irmoqlaridan biri Dxauligangi daryosi hududida ertalab koʻchib tushgan. Qutqaruv ishlarini tabiiy ofatlar taʼsiriga javob Milliy kuchining bir necha brigadalari, shuningdek, chegarachilar va mahalliy qutqaruvchilar olib boryapti. Muz koʻchkisi oqibatida qurilayotgan elektrostansiya toʻgʻoni buzilib ketgan. Qurilishda ishlayotgan oʻnlab odamlar, shuningdek, mazkur hududda amalga oshirilayotgan temir yoʻl va avto yoʻl loyihalarida band boʻlganlar toʻgʻrisida haligacha darak yoʻq, deb xabar beradi TASS.